Muhabbatim etib rad
Labing burib turasan
G'amim sezdirib qo'ysam
Astagina kulasan
Bag'ri toshliging ilg'ab
Bo'lganman allaqachon
Kechib bo'lmaydi ammo
Sevamanda yo'q imkon
Bo'ldi endi kelma deysan
Sevma deysan pinhona
Bo'ldida urinma deysan
Sen deb menga begona
Chiqmagan bu jondan umid
Deya yana na chora
Yana sovchi yubordim
Onam qilib ovvora
Bilaman kelganimdan foyda yo'q
Sendakasi oyda yo'q
Oyda yo'q hech joyda yo'q
Bilaman...
Bilaman sevganimdan foyda yo'q
Sendakasi oyda yo'q
Oyda yo'q hech joyda yo'q
Bilaman...
Bo'larmidi sog'inmay, turib seni bir lahza
Bo'lar endi meni kim, devonaga o'xshatsa
Turibman arosatda, umidimni uzaolmay
Sevmasliging bilsam ham kechaolmay unutaolmay
Bo'ldi endi kelma deysan
Sevma deysan pinhona
Bo'ldida urinma deysan
Sen deb menga begona
Chiqmagan bu jondan umid
Deya yana na chora
Yana sovchi yubordim
Onam qilib ovvora
Bilaman kelganimdan foyda yo'q,
Sendakasi oyda yo'q
Oyda yo'q hech joyda yo'q,
Bilaman...
Bilaman sevganimdan foyda yo'q
Sendakasi oyda yo'q
Oyda yo'q hech joyda yo'q
Bilaman...
Bilaman kelganimdan foyda yo'q,
Sendakasi oyda yo'q
Oyda yo'q hech joyda yo'q,
Bilaman ...
Bilaman sevganimdan foyda yo'q
Sendakasi oyda yo'q
Oyda yo'q hech joyda yo'q
Bilaman...